ANGIOSPAZM

ANGIOSPAZM (angio… va Yunoncha spasmos — tortaman) — mayda arteriyalar, arteriolalar va kapillyarlarning torayishi (spazmi). Tomir muskul qavatining qisqarishi oqibatida ro’y beradi. Natijada to’qima va a’zolarga qon kam keladi va tegishli to’qimalarda ishemiya rivojlanadi. Angispazm qaysi a’zodaligiga qarab, bosh og’rig’i, tomir tortishishi kabi alomatlar bilan o’tadi. Ko’pincha gipertoniya kasalligi va nevrozlarda uchraydi.