Angishvonagul nimani anglatishini bilasizmi

Angishvonagul nimani anglatishini bilasizmi – sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub, bo’yi 30-120 (200) santimetrga yetadigan ko’p yillik o’t o’simliklar turkumi. Tibbiyotda 4 turining bargi va bitta turning yer ustki qismi ishlatiladi. N.krupnosvetkovaya – yirik gulli angishvonagul. G’arbiy Yevropa qismida (Ura;l, Karpat va Shimoliy Kavkaz tog’larida) o’sadi. N.purpornaya – to’q qizil angishvonagul. Kavkaz, Ukraina va Belorussiya viloyatlarida hamda Gorkiy viloyatida o’stiriladi. N.rjavaya – malla angishvonagul. Zakavkazyening sharqiy-janubidagi keng yaproqli o’rmonlarda va butalar orasida o’sadi. N.Resnitchataya – kiprikli angishvonagul. Gruziyaning shimoliy-g’arbidagi tog’li nohiyalarda o’sadi. N.shersistaya – sertuk angishvonagul. Ukrainaning Zakarpat va Izmail viloyatlarida butalar orasida, o’tloqlarda va tepaliklarning ochiq orasida, o’tlolarda va tepaliklarning ochiq yonbag’irlarida o’sadi. Shimoliy Kavkaz, Ukraina va Moldaviyada o’stiriladi. Angishvonagul turlari zaharli o’simliklar bo’lib, tarkibida yurak glikozidlari, steroid saponinlar, flavonoidlar, organik kislotalar va boshqa birikmalar bor. Yurak glikozidlari yig’indisidan purpureaglikozid A va V, digitoksin, gitoksin, gitaloksin, digilanide A va V, lantozid A, V, S glikozidlar ajratib olingan. O’simlik turlarining dori preparatlari barg damlamasi va kukuni, gitoksin, digitoksin va digoksin glikozidlari, selanid, digalenneo, lantozid va kordigit yurak nuqsoni hamda yurak kompensatsiyasi buzilishi natijasida qon bosimining oshishi va yurakning titroq aritmiyasini davolashda ishlatiladi.

Leave a Reply