ANGLEZIT
ANGLEZIT — sulfatlar sinfiga mansub mineral. Qattiqligi 3-3,5. Sof og’irligi qariyb — 6,4. Juda mo’rt. Rangsiz, och rangli, sarg’ish, kulrang va yashil, ba’zan ko’k tovlanuvchi kristall, donador massa. Olmos yoki yog’kabi yaltiraydi. Anglezit — qo’rg’oshinli ruda. Asosan gipergen, gidrotermal yo’l bilan hosil bo’lgan. Oltoyda, O’rta Uralda, Sharqiy Zabaykaleda, Zakarpateda konlari bor. O’zbekistonda Chatqol-Qurama tog’laridagi polimetall konlarida keng tarqalgan.