ANGLIYA-GERMANIYA DEKLARATSIYASI
ANGLIYA-GERMANIYA DEKLARATSIYASI — Angliya bilan Germaniyaning bir-birlariga hujum qilmasligi to’g’risidagi shartnoma. Uni Angliya bosh ministri N. Chemberlen bilan Germaniya fashistlar hukumatining boshlig’i A. Gitler 1938 yil 30 sentabrda, 1938 yil Myunxen bitimidan keyin imzolagan. Angliya-Germaniya Deklaratsiyasi Germaniya mavqeini ancha kuchaytirib, 2-jahon urushining boshlanishiga yo’l ochib berdi.