ANGLIYA-MISR SHARTNOMASI

ANGLIYA-MISR SHARTNOMASI (1936 yil) — do’stlik va ittifoq to’g’risidagi shartnoma. Mazkur shartnoma Misrning ichki va tashqi ishlardagi mustaqilligini birmuncha kengaytirib, Buyuk Britaniyaning Misrdagi asosiy mavqeini saqlab qoldi. 1951 yilda Misr tomonidan bekor qilindi. Buyuk Britaniya shartnoma bekor etilganini 1954 yilda tan oldi.