Angren shahri haqida eshitganmisiz?
Angren shahri haqida eshitganmisiz? – Ohangaron daryosi vodiysida ko’mir konlari topilishi (1940) munosabati bilan 1941 yilda daryoning chap sohilida, Jigariston soyi yaqinida ko’mir qazuvchilarning birinchi uy-joylari qurildi. 1946 yilda bu joylarda Angren shahri barpo etildi. Angren tojikcha ohangar “temirchi” so’zining fonetik o’zgarishga uchragan formasidir.



