ANIKIN VASILIY VASILYEVICH

ANIKIN VASILIY VASILYEVICH (1952, O’sh viloyati) — kurashchi, xalqaro toifadagi sport ustasi (1976). Yunon-rum kurashi bilan shug’ullangan. O’zbekistonning bir necha marta chempioni. Evropa kubogi (1977, Lissabon), Jahon kubogi (1981, Bolgariya) g’olibi. Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Vengriya, Ruminiyada o’tkazilgan xalqaro turnirlarda 1-o’rinni egallagan. O’zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi Markaziy harbiy sport klubida sport ustozi.