ANIKUSHIN MIXAIL KONSTANTINOVICH

ANIKUSHIN MIXAIL KONSTANTINOVICH [1917.19.9 (2.10), Moskva] -haykaltarosh, Rossiya Federatsiya ba haqiqiy a’zosi (1962). Sankt-Peterburgdagi I. Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va me’morlik institutida ta’lim olgan (1937— 41 va 1945-47). Sankt-Peterburgdagi A. S. Pushkin haykali (bronza, 1957), “Leningradning qahramon himoyachilariga” memoriali (1975) va boshqa asarlarida muallif obrazning ruhiy holatini ochib berishga va tabiiyligiga, mutanosiblikka, me’moriy muhit bilan uyg’unligiga erishgan. Toshkent shahridagi Pushkin haykalini ham Anikushin yaratgan.