ANILIDLAR

ANILIDLAR, C6H5NHCOR – anilin va turli radikalli karbon kislotalarning hosilalari. Bu moddalar anilinning amin guruhidagi bitta vodorod atomi kislota qoldig’i (asil guruhi) bilan almashinishi natijasida hosil bo’ladi, masalan: C6H5NHCOCH3 — atsetanilid C6H5NHCOC6H5 — benzanilid C6H5NHCHO — formanilid Anilidlar suyultirilgan kislota yoki ishqor ta’sirida anilin va karbon kislotaga parchalanadi. Ko’p Anilidlar tibbiyotda dori sifatida, qishloq xo’jaligida esa begona o’tlarga qarshi kurashda (karsil, solan va boshqalar) ishlatiladi. Ayrim Anilidlar azobo’yoqlarning komponenti sifatida va kinofotomateriallar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.