ANIQ EKISH

ANIQ EKISH — urug’likni muayyan masofada belgilangan miqdorda uyalarga tashlab ekish. Bu usuldan maqsad urug’ sarfini kamaytirish, o’simliklarning bir me’yorda rivojlanishiga sharoit yaratib berish, ularni parvarish qilishda mehnat sarfini kamaytirishdan iborat. O’zbekistonda g’o’za, makkajo’xori, qand lavlagi singari qator orasiga ishlov berish talab etiladigan ekinlarni yetishtirishda qo’llaniladi.