ANIZOTROP MATERIALLAR

ANIZOTROP MATERIALLAR-xossalari (mexanik, optik, magnit va boshqalar) turli yo’nalishda bir xil bo’lmaydigan materiallar. Anizotrop materiallarga monokristallar, kristallar, armaturalangan plastiklar, grafit, po’lat va qotishmalarning zagotovkalari (prokat, shtampovkalar), tolali materiallar va boshqalar kiradi. Tarkibi to’ldirgich (metall tolalar, ipsimon kristallar) va bog’lovchi materiallar (polimerlar va metallar) birikmasidan iborat kompozision materiallar katta ahamiyatga ega. Anizotrop materiallar mashinasozlikda mustahkamligi yuqori bo’lgan detal va konstruktsiyalar, transformatorlar, gaz turbinasi kuraklari tayyorlashda ishlatiladi.