ANJIR SHAFTOLI

ANJIR SHAFTOLI, yangi anjir shaftoli — xalq selektsiyasida yaratilgan shaftoli navi (R. R. Shreder nomidagi ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filialida bu navni chempion navi bilan chatishtirish asosida A. S. Cherevatenko chiqargan yangi Anjir shaftoli navi ko’p tarqalgan). Tupi kuchli o’sadi, daraxti o’rtacha kattaliqda (4 -5 metr), mart oxiri — aprelning boshida (12 — 18 kun davomida) gullaydi. Guli ikki jinsli, qizg’ish, gulining 20 — 25% ni tutadi. O’zidan changlanuvchi nav. Mevasi tukli, anjirsimon — yassi (diametri 5 — 10 santimetr), og’irligi 80 — 100 gramm. Danagi mayda ham yassiroq, ko’pincha meaning o’rtasida ko’rinib turadi. Eti sersuv, muloyim, shirin. Avgustda pishadi. Sovuqqa chidamsiz, qishda 15 — 18° gacha, bahorda 4-6° sovuqqa bardosh beradi. Ekilgandan keyin 2 — 3 – yili mevaga kiradi, 6 — 8 yil yuqori, yaxshi agrofonda 16 yilgacha hosil beradi. Har tupidan 70 — 80 kilogramm meva olish mumkin. O’zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida ekiladi. Anjir shaftoli Eron, Afg’oniston va Xitoyda ham uchraydi. Mevasi yangiligida yeyiladi, tarkibida 14,7% gacha qand, 0,26% kislota bor. Konserva va qoqi qilinsa ham bo’ladi. Rixsivoy Jo’rayev.