ANJOMA

ANJOMA (forscha — temir libos) — ot-ulov abzallaridagi metalli qismlarning umumiy nomi (ayil, no’xta, uzangi, yugan, o’mildiriq, quyushqon kabilar). Yupqa temir tunukadan qirqib yasaladi. Ko’pincha Anjoma yuziga kumush yoki oltin chopila o’rnatiladi. Buning uchun Anjoma yuzini egovlab yoki qalamcha va bolg’a bilan chekib, tishlar chiqariladi. Bu tishlarning o’yiq (ariqcha)lariga mayda kumush yoki oltin simlar yotqizib, ustidan bolg’a urilsa, simlar o’rnashib, naqsh paydo bo’ladi. So’ngra Anjoma yuzini silliqlab, jilo beriladi.