ANKER

ANKER (nemischa anker — yakor) — 1) soat mexanizmining yakor (vilka) ko’rinishidagi qismi. Soat mexanizmining bir me’yorda yurishini ta’minlaydi. Ossillyator (mayatnik yoki balans) bilan ishga tushirish gildiragi orasidagi boglovchi zveno. Ankerli soat, ankerli yurish suzlari Ankerdan kelib chiqqan; 2) inshoot va mashinalar qismlarini mahkamlaydigan detal. Inshootlarda devor, poydevorlar, gumbazlarga qo’yib ketiladi. “Anker”, atamasi “oraliq detal” ma’nosida ham qo’llaniladi (ankerli plita, ankerli bog’ va boshqalar).