ANKERIT

ANKERIT — karbonatlar guruhiga kiruvchi mineral. Qattiqligi 3,5—4. Sof og’irligi 2,9—3,1. Kristallari yassi romboedr shaklida. Rangi shishasimon va sargish, sarg’ish-qo’ng’ir, qizg’ish. Nurash natijasida qo’ng’ir tusga o’tganligi uchun ilgari qo’ng’ir shpat deb ham atalar edi. Ankerit ko’pincha ruda konlarida kvars, flyuorit, kaltsit, xalkopirit, galenit, argentit, tug’ma kumush, siderit, nikelin va boshqa minerallar bilan uchraydi. Ankerit ohaktoshning siderit (FeCO3) bilan almashinishi natijasida ham hosil bo’ladi.