ANKERLI BIRIKMA

ANKERLI BIRIKMA – mashina detallarini, inshootlarning detal va qismlarini bir-biriga anker yordamida mahkamlab hosil qilinadigan birikma. Yaxlit qilib tayyorlash qiyin bulgan ba’zi shakldor detallarni hosil qilish uchun ikki va undan ortiq detalni biriktirishda, prokat listlaridan g’ildiraklar yasashda, mashina va stanoklarning quzg’almas qismlarini poydevorga mahkamlashda ishlatiladi. Ankerli birikma asosan qizdirilgan ankerlar, ankerli boltlar va plitalar yordamida bajariladi.