ANKONA

ANKONA — Italiyaning Sharqiy qismidagi shahar. Ankona provintsiyasining va Marke viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 103,5 ming kishi (1990). Adriatika dengizidagi port va harbiy dengiz bazasi. Mashinasozlik, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari bor. Musiqa asboblari va shisha buyumlar ishlab chiqariladi. Farmasevtika sanoati mavjud. Chetga oltingugurt va asfalt chiqariladi. Baliq ovlanadi. Ankonada tarixiy yodgorliklar ko’p. Marmardan ishlangan Trayan zafar arki (115 yildan keyin qurilgan), 12-13-asrlarga oid sobor, Milliy muzey, rasmlar galereyasi bor. Balneologik kurort.