ANNABA
ANNABA (Bon) — Jazoirning shimoliy- sharqidagi shahar, Annaba viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 305 ming kishidan ziyod. Transport yo’llari tuguni. O’rta dengiz bo’yidagi port. Yirik savdo markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat (tamaki, vino, konserva, un tortish va boshqalar), metallurgiya (al-Hajar majmuasi), metallsozlik, kimyo (ammiak, mineral o’g’itlar), to’qimachilik sanoati korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi mavjud. Universitet bor. Annabaning ko’hna qismida shahar qal’asi (qasaba) va Sidi bu Meruan masjidi (1033) saqlangan.