ANNEKSIYA

ANNEKSIYA (lotincha annexio — birlashtirish, qo’shilish) — bir davlat hududini butunlay yoki qisman zo’ravonlik bilan egallab olish yoki o’z davlatiga qo’shib olish siyosati, agressiyaning bir turi; shuningdek el-elatlarni begona davlat chegaralarida zo’rlik bilan tutib turish. Anneksiya hozirgi xalqaro huquqning, jumladan kuch qo’llamaslik va kuch bilan xavf solmaslik printsipi, Millatlar o’z taqdirini o’zi belgilash huquqining buzilishi hisoblanadi.