ANNOTATSIYA
ANNOTATSIYA (lotincha annotatio — qayd) — qisqacha ta’rif. Kitob, maqola, qo’lyozma mundarijasini, g’oyaviy-siyosiy yo’nalishini va boshqalar jihatlarini ochib beradi. Annotatsiyani, masalan, kitobning o’zida, bibliografik ko’rsatkichlarda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Uning vazifasi o’quvchilarda muayyan kitob, maqola, qo’lyozma to’g’risida umumiy tasavvur tug’dirish va ularga adabiyotlar tanlashda yordam ko’rsatishdir.