ANODGIDRAVLIK ISHLOV
ANODGIDRAVLIK ISHLOV – metall buyumga elektrolit (anod eritmasi) oqimida ishlov berish usuli. Metallning elektrolitda erishi (elektroliz) ga asoslangan. Murakkab shakldagi detallar (shtamplar, turbinalarning kuraklari va boshqalar) ga ishlov berishda, gravyura va hokazolarda qo’llaniladi.