ANOMAL METABOLITLAR
ANOMAL METABOLITLAR – noqulay omillar (ionlashtiruvchi nurlar, past yoki yuqori temperatura, suvsizlik) ta’sirida tirik organizm hujayralarida moddalar almashinuvining buzilishi natijasida yig’ilib qoladigan yarim oksidlangan moddalar (peroksid, epoksid, oksifenol, oksixinon, gistamin, xolin va boshqalar). Bunday moddalar zaharli bo’lib, organizmdagi biokimyoviy jarayonlarning buzilishini yanada kuchaytiradi va ko’pincha organizmning irsiyatini o’zgartirib yuboradi yoki uning halokatiga sabab bo’ladi.