ANONS
ANONS (Fransuzcha annonce — ommaviy axborot, e’lon) — spektakl haqida oldindan beriladigan e’lon. 17-18- asrlarda ko’proq frantsuz teatriga xos bo’lib, spektakl (yoki alohida pardalar) boshlanishidan oldin sahnadan turib ko’rsatiladigan tomosha, ishtirok etuvchilar, ijrochilar va boshqalar haqida tomoshabinlarga beriladigan axborot. Anons spektaklning ajralmas bo’lagi hisoblanib, truppaning eng yaxshi aktyorlari tomonidan ijro etilgan. Anons odatda badiha asosida qurilib, hazil-mutoyiba, qochirim va boshqalar jo’rligida olib borilgan. Hozirgi Anons spektakl, kontsert, tsirk tomoshasi va boshqalar haqida (mufassal ma’lumotlarsiz) oldindan e’lon qilinadigan Afisha.