Anor daraxti nimani anglatishini bilasizmi

Anor daraxti nimani anglatishini bilasizmi – anordoshlar oilasiga mansub, bo’yi 1,5-5 metr keladigan buta yoki daraxt. Markaziy Osiyo va Kavkaz tog’larining toshli qiyaliklarida o’sadi. Markaziy Osiyo, Kavkaz va Qrimda o’stiriladi. Tibbiyotda poyasi, shoxi va ildizining po’stlog’i hamda meva po’sti ishlatiladi. Po’stlog’i tarkibida alkaloidlar, oshlovchi moddalar, mevasi po’stida ko’p miqdorda oshlovchi modda va boshqa birikmalar bor. Anor po’stlog’ining preparatlari (qaytanma va peltering alkaloidi tuzlari) organizmdan tasmasimon gijjalarni haydash uchun, mevasi po’stlog’ining qaynatmasi ichketar va yaralarni davolashda qo’llaniladi. Mevasi po’stidan tanim, shirasidan limon kislota olinadi. Anorning nordon navlari mevasi tarkibida (shirasida) ko’p miqdorda limon kislota bor.

Leave a Reply