ANORGANIK BIRIKMALAR NOMENKLATURASI
ANORGANIK BIRIKMALAR NOMENKLATURASI — kimyoviy elementlar va ularning birikmalariga nom berish tizimi. Nomenklatura modda tarkibini yozma ravishda va og’zaki nutqda aniq ifodalashi lozim. Anorganik birikmalarning ko’p va turli-tumanligi ularni nomlashda ma’lum tizimga asoslanadi. Ko’pchilik kimyoviy elementlarning nomi lotin nomidagi “ium” qo’shimchani “iy” qo’shimchaga almashtirib hosil qilinadi. Masalan, litium — litiy, barium — bariy va hokazolar. Qadim zamonlardan beri ishlatib kelingan elementlarning nomlari shundayligicha saqlanib qoladi: oltingugurt, temir, mis, rux, qalay, qo’rg’oshin, simob, oltin, kumush va boshqalar. Elementlarning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari oksidlar va peroksidlar degan umumiy termin bilan ataladi. Oksidlar tuz hosil qiluvchi va tuz xrsil qilmaydigan oksidlarga bo’linadi. Tuz hosil qiluvchi oksidlar o’z navbatida asosli, nordon va amfoter oksidlarga ajratiladi. O’zgaruvchan valentli elementlarning oksidlarini nomlash uchun avval elementning nomi, so’ngra oksid so’zi qo’shib aytiladi. Masalan, FeO — temir (P)-oksid, G’e2O3—temir (Sh)-oksid va hokazolar. Elementlarning oltingugurt va galogenlar bilan hosil qilgan birikmalari ham shunday nomlanadi. Masalan, CuS— mis (P)-sulfid, G’eS13 — temir (III) — xlorid va h.k. Metall va gidroksil guruhdan tashkil topgan birikmalar asoslar deb yuritiladi. NaOH — natriy gidroksidi yoki Si(on)2 — mis gidroksidi bularga misol bo’ladi. Asoslarning asosiy xususiyati, ularning kislotalar bilan tuz hosil qilishidir. Vodorod va kislota qoldig’idan tashkil toptan moddalar kislotalar sifatida qaraladi. Vodorod atomi soni kislota qoddig’i valentligiga teng bo’ladi. Kislotadagi vodorod metallga almashina oladi. Kislotalarning asosiy xususiyati asoslar bilan tuz hosil qilishidir. Kislorodsiz kislotaning nomi kislota hosil qiluvchi elementning nomiga “ID” qo’shimchasi qo’shish orqali hosil qilinadi. Masalan, H2S — sulfid kislota, HF — ftorid kislota, N2Te —tellurid kislota. Kislorodli kislotalar va tuzlar o’zbekchada xalqaro nom bilan ataladi. Masalan, HNO2 — nitrit kislota, HNO, — nitrat kislota, H2SO4— sulfat kislota; ularning tuzlari tegishlicha nitritlar, nitratlar, sulfatlar deyiladi va hokazolar. Agar kislota tarkibidagi vodorod atomlarining hammasi metall atomiga almashgan bo’lsa, normal tuz, aks holda nordon tuz deb ataladi. Agar tuzlar tarkibida gidroksil guruhi bo’lsa, asos tuzlar deb ataladi. Normal tuzlarni nomlashda metall nomiga kislota nomi ko’shiladi. Masalan, NaF — natriy ftorid, Fe2(SO4)3 — temir (III) — sulfat va boshqalar. Ko’p asosli kislotalarning tarkibidagi metallga almashgan vodorod atomlari soniga karab tuzga nom beriladi. Masalan, Na3PO4 — natriy fosfat, Na2HPO4 — natriy gidrofosfat, NaH2PO4 — natriy digidrofosfat; ba’zan bular uch almashgan, ikki almashgan, bir almashgan deb ham ataladi. Kislotalardagi vodorodni metallga yoki asoslardagi gidroksil guruhni kislota qoldig’iga almashtirish yo’li bilan tuzlar hosil qilinadi. Bular o’rta (normal), nordon va ishqoriy tuzlarga bo’linadi. Ikki metall va bir kislota qoldig’idan tashkil topganlari qo’sh tuzlar deyiladi. Bir metall va ikki kislota qoddig’idan tashkil topgani esa aralash tuzlar deb ataladi.