ANSHLIF

ANSHLIF (nemischa anschliff— sayqal bermoq) — ruda bo’lagi, tog’jinsining yoki mineralning usti silliqlanib jilolangan namunasi. Anshlif asosan shaffof va noshaffof minerallarni, tog’ jinslarining ichki tuzilishlarini, undagi darzliklarni ko’z bilan yoki mikroskop orqali aks etgan nurlar yordamida o’rganish uchun tayyorlanadi. Anshlif infraqizil nurlar yordamida ham o’rganiladi.