ANTIFERROMAGNETIZM
ANTIFERROMAGNETIZM – kristall moddalar (antiferromagnetiklar) ning magnit holatlaridan biri; bunda kristall panjaraning qo’shni tugunlaridagi atom (ion) larning magnit momentlari antiparallel (bir-biriga qarama-qarshi) yo’nalgan, shuning uchun moddaning magnitlanishi umuman kam bo’ladi. Antiferromagnetizm tashqi magnit maydon yo’qligida va temperatura uncha yuqori bo’lmaganda yuz beradi. Ferromagnetizmdan farqli ravishda tashqi maydon yo’qligida antiferromagnetikning qo’shni elementar magnetiklari o’zaro muvozanatlashadi va natijaviy magnetizm nolga teng bo’ladi. Antiferromagnetik tashqi maydonga joylashtirilgandagina natijaviy maydon noldan farqli bo’lishi mumkin.