ANTIFRIZLAR
ANTIFRIZLAR (anti … va inglizcha freeze -muzlatish) — ancha past (— 75° dan 0° gacha) temperaturada muzlamaydigan suyukliklar; 0° temperaturadan past temperaturada ishlaydigan inki yonuv dvigateli va boshqa turli qurilmalarning sovitish tizimlarida ishlatiladi. Issiqlik hajmi, issiqlik o’tkazuvchanligi, qaynash va alangalanish temperaturasi yuqori; past temperaturada qovushoqligi kam. Antifrizlar sovitish tizimi detallarini zanglatmasligi, shlanglar va qistirmalar materiallarini yemirmasligi kerak. Shuning uchun Antifrizlar etilenglikol, glitserin, ba’zi spirtlarning suvdagi eritmasi va boshqa organik birikmalardan tayyorlanadi. Ko’proq etilenglikolning suvdagi eritmasi ishlatiladi. Uning muzlash temperaturasi — 65° gacha.