ANTIGONA
ANTIGONA — yunon afsonasiga ko’ra, xudolar irodasi bilan mudhish gunoh ish qilib qo’ygan Fiva davlati shohi Edipning qizi. Antigona otasi bilan quvg’inlikda uning azob-uqubatlariga sherik bo’lib yuradi. Antigona otasi vafotidan keyin vataniga qaytib keladi. Fivaga qarshi qurol ko’targan ukasi Polinik jasadini, shoh Kreontning taqiklashiga qaramay, dafn qiladi. Shundan keyin shoh buyrug’i bilan Antigona maqbaraga qamab qo’yiladi va shu yerda u o’zini halok etadi. Sofokl va boshqa mualliflarning asarlarida Antigona obrazi ota-onaga muhabbat va olijanob fidokorlik ramzi sifatida talqin etiladi.