ANTILIVAN

ANTILIVAN — Suriya bilan Livandagi tog’lar. Uzunligi qariyb 100 kilometr, balandligi 2814 metrgacha (Ash-Shayx tog’i). Yer yuzasi platodan iborat, g’arbiy tomoni tik, Sharqiy tomoni zinapoyaga o’xshab pasayib boradi. Ohaktosh va qumtoshdan iborat. Sharqida chala cho’l o’simliklari, g’arbiy tog’yon bag’ri va vodiylarda doim yashil dub o’sadi. Antilivandan Damashq — Bayrut avtomobil yo’li va temir yo’l o’tgan.