ANTINOMIYA
ANTINOMIYA (yun. antinomia – qonunning ichki ziddiyati) — mantiqiy isbotlanadigan ikki qonun, mulohaza yoki xulosa o’rtasidagi ziddiyat. Qadimgi dunyo mutafakkirlari asarlarida Antinomiya aporiya shaklida ishlatilgan. XVIII asrda Antinomiya haqidagi ta‘limotni I.Kant ishlab chiqdi.