ANTIPERISTALTIKA
ANTIPERISTALTIKA (anti… va Yunoncha peristaltikos — ichakdagi suyuqlikni suradigan kuch) — qizilo’ngach, me’da va ichaklarning pastdan qisqarishi. Odatda ovqat moddalari, suyuqlik og’iz bo’shlig’idan halqum, qizilo’ngachning yuqoridan pastga qarab bo’g’imma-bo’g’im qisqarishi tufayli me’daga, so’nfa ichakka yo’naladi. Bunda hazm a’zolari devoridagi halqasimon silliq muskullar yuqoridan pastga qarab navbat bilan qisqarsa, uzunasiga joylashgan muskullar esa qisqarib ichak bo’shlig’ini kengaytirib, chayqaltiradi. Sifatsiz ovqat iste’mol qilinganda halqasimon muskullar, aksincha, pastdan yuqoriga — og’iz bo’shlig’iga qarab qisqaradi. Uzunasiga joylashgan muskullar esa bo’shashadi. Natijada ichakdagi ovqat yuqoriga — og’iz bushlig’i tomon yo’nalib, qusish jarayoni vujudga keladi.