ANTITEZIS

ANTITEZIS (Yunoncha antithesis — tezisga zid) — mantiqda, xususan, isbotlash nazariyasida dastlabki asosiy fikrga zid bayon qilingan mulohaza. Antitezisda teskari fikr to’g’ri deb faraz qilinadi va isbotlashda qo’llaniladi. Falsafada Antitezis dialektik taraqqiyot jarayonining muayyan bir bosqichi, avvalgi asosiy holatning (tezisning) o’z-o’zidan inkor etilishi. Ammo Antitezis mutlaq inkor emas, balki u tezisning ma’lum bir tomonini inkor etib, uning ijobiy mazmunini o’zida saqlaydi va taraqqiyotni yuqoriroq bosqichga ko’taradi. Bu bosqich inkorni inkor yoki sintez deb ataladi. Antitezis uch bosqichli rivojlanish (triada)ning tarkibiy qismi sifatida birinchi marta Gegel tomonidan talqin qilingan.