ANTOFAGASTA

ANTOFAGASTA — Chilining shimolidagi shahar, Antofagasta viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 219 ming kishi (1990). Antofagasta Chilidan mis, mis rudasi va selitra, Boliviyadan qalay, vismut, surma, volfram, kumush rudalari, qisman Argentinadan g’alla va chorvachilik mahsulotlari chiqariladigan port. Yuk oborotining 1/3 qismidan ortig’i — tranzit, eksport-import yuklaridir. Antofagastada oziq-ovqat, tikuvchilik, ko’npoyabzal, kimyo, kemasozlik va metallsozlik korxonalari mavjud. Universitet bor. Shaharga 1870 yilda asos solingan.