Antonimlar nima?
Tildagi har bir so’z boshqasi bilan o’zaro aloqador, ular o’zaro muayyan munosabatlarda bo’ladi. Mana, masalan, L. N. Tolstoyning mulohazalariga quloq tutaylik-chi: “inson o’zgaradi, va unda barcha imkoniyatlar bor: tentak edi, aqlliga aylandi; yomon edi, yaxshiga aylandi va aksincha”. Ajratib ko’rsatilgan leksikaviy juftliklar qarama-qarshi ma’noga ega, ammo nutqning bitta va aynan o’sha bo’lagiga mansub. Bunday so’zlar esa antonimlar deb ataladi. Bu nom yunoncha so’zlar birikuvidan kelib chiqqan: anti — zid va onyma — nom. Antonimlar nima uchun kerak? Odatdagi nutqda ular salmoqli badiiy ifodalilikka erishishga yordam beradi. Binobarin antonimlar yordamida u yoki bu tushuncha shunchaki atalmaydi, qolaversa uning alomatlari va xossalari ancha aniqroq tavsiflanadi. Mana, masalan, “shodlik” so’zi qanday antonimlarga ega: g’am, qayg’u, dard, umidsizlik. Bir nazar tashlang-chi, “umidsizlik” so’ziga antonim uslubga shukuhli tantanavorlik baxsh etish uchun qo’llangan she’rda ulardan qanday foydalanilgan ekan:
Do'stim, magar seni aldasa hayot, Qaygu-g'am chekmagil, bo'lmagil giryon. Umidsiz damlarda aylagil sabot. Shodumon kunlaring haytajak, inon.
(A. S. Pushkin. “Do’stim, magar seni aldasa hayot”)
Antonimlar qo’llanilayotganda odatda bir jinsli buyumlar va hodisalar (go’yo bir tasnifdagilar—kattalik, o’lcham, hajm bo’yicha) qarama-qarshi qo’yiladi. O’quvchilar odatda “no”dan boshlanadigan so’zlar qanday yozilishini bilib olish uchun undan foydalanadilar. Biroq qarama-qarshi ma’noga ega hamma so’zlar ham antonim bo’lavermaydi. Antonimlarning asosiy xossasi — ma’nolarning tamomila qarama-qarshiligi. Shuning uchun ham “ishlab chiqarish—noishlab chiqarish” so’z birikmalari antonim sanalmaydi. Ba’zida bitta so’zning bir qancha antonimlari bo’lishi mumkin. Masalan, “quyuq” so’zi: siyrak (o’rmon, soch haqida) va suyuq (sho’rva, qaymoq haqida). Antonimlar tilda kechadigan so’zlarning o’zaro ta’sirlari va ular ma’nolaridagi o’zgarishlarning murakkab jarayonlari natijasida vujudga keladi. Sinonimik qatorlarni shakllantiruvchi so’zlarda antonomiya qiziq biz tarzda namoyon bo’lar ekan. Masalan: “yarashmoq” so’zi birvarakayiga uchta antonimga ega: urishmoq, so’kishmoq, aytishmoq; “o’tirish” so’zida tag’inam ko’p: turish, siljish, qo’zg’alish, jilish, qimirlash.