Antraknozlar nimani anglatishini bilasizmi

Antraknozlar nimani anglatishini bilasizmi – (yunoncha anthrax – ko’mir, nosos – kasallik) o’simliklarning poya, barg va mevalarida Gloesporium, Colletotrichum va Kabatilla urug’lariga mansub parazit zamburug’lar qo’zg’atadigan kasallik. Antraknoz kasalligi asosan donli, mevali, poliz ekinlari, beda no’xat, behi, olma, tok, anjir, yong’oq, qovun, tarvuz, uzum, smorodina, malina, bodom, zig’ir, sitrus o’simliklar, choy va boshqalarda uchraydi. O’simlikning deyarli barcha organlari – barg, meva, novda, ildiz qismlarini zararlaydi. Barg va tugunchalar to’kilib ketadi, meva sifati keskin pasayadi. Antraknoz bilan kasallangan bargda qoramtir hoshiyali to’garak qo’ng’ir dog’lar paydo bo’ladi, novda va mevada paydo bo’lgan dog’ usti botiq, pushtisimon g’ubor bilan qoplanadi, keyinchalik yoriladi, yara hosil qiladi, novdalarining yog’ochligi yemiriladi. Kurash choralari: o’simlikning kuchli zararlangan qismlari olib tashlanib yoqiladi; temir kuporosining 2-3% li eritmasi, 3% li borgo suyuqligi purkaladi.

Leave a Reply