ANTRAXINON

ANTRAXINON (Yunoncha anthrax — ko’mir va hina — kechua xindulari tilida — xinon daraxti po’stlog’i), S14N8O2 — aromatik keton; molekulyar modda 208,20, sarg’ish kristall; suyuqlanish temperaturasi 287°, qaynash temperaturasi 377°. Anilin, nitrobenzol va issiq toluolda eriydi. Antraxinon antratsenni oksidlab yoki ftal kislota angidridiga alyuminiy xlorid katalizatorligida benzol ta’sir ettirib olinadi. U turli reaktsiyalarga kirisha oladi, lekin o’rin almashish reaktsiyalariga juda qiyin kirishadi. Antraxinon turli oksidlovchilar ta’sirida ishqoriy muhitda alizaringa aylanadi. Antraxinonda karbonil guruhlar borligi tufayli uning xossalari ketonlar va xinonlarning xossalariga o’xshaydi. Antraxinon antraxinon bo’yoqlar olishda ishlatiladi.