ANTUAN
ANTUAN (Antoine) Andre (1858.31.1, Limoj — 1943.9.10, Puligen) — frantsuz aktyori, rejissyori, teatr nazariyotchisi. Erkin teatr (1887 — 94), Antuan teatri (1897 — 1906) ni tashkil etib, ularga rahbarlik qilgan. 1906 — 14 yillarda Antuan “Odeon” teatrida direktorlik, rejissyorlik qildi. Teatr tanqidi va kino san’ati bilan shug’ullandi. Antuan teatrning xalqchil va haqqoniy bo’lishi uchun kurashdi. Antuanning estetik qarashlari, xususan, uning aktyorlik faoliyatida to’laligicha namoyon bo’ldi. Asosiy rollari: Akim (“Zulmat hukmronligi”), Osvald (“Sharpa”), Kuzovkin (“Tekinxo’r”). U Erkin teatr artistlari bilan Yevropa va Rossiya bo’ylab gastrolda bo’ldi. Antuanning “Kundaliklar” kitobi nazariy va tarixiy qimmatga ega.