ANUSHTEGIN
ANUSHTEGIN (? – 1097) – anushteginiylar (1097-1231) bobokaloni. O’g’uzlarning Bekdili urug’idan. Yoshligida Garchistonda (Murg’ob vohasi) saljuqiy sipoxsolor Izzuddin O’nar Bilgategin (7-1098) ga G’ulom qilib sotib yuborilgan. So’ng, u sidqidil qilgan xizmatlari evaziga Malikshoh saroyida tashtdorlik mansabiga ko’tarilgan. O’sha davrda Xorazmni idora qilish ham shu mansab vazifalari doirasiga kirgan bo’lib, Xuroson amiri Dodbek Habashiy, Anushtegin vafot etgach, uning o’g’li Qutbiddin Muhammadnm Xorazm voliysi etib tayinlagan va unga Xorazmshoh unvonini bergan.