ANVAR POSHO
ANVAR POSHO (1881.14.6, Istanbul — 1922.4.8, Boljuvon) — yosh turklar inqilobining faol ishtirokchisi, “Ittihod va taraqqiy” partiyasi rahbarlaridan biri. 1903 yilda Istanbul Bosh shtab akademiyasini bitirgan. 1909-11 yillarda Berlinda harbiy attashe. Turkiya, Makedoniya, Kavkaz, Germaniya, Rossiya, Turkistondagi siyosiy jarayonlarda qatnashgan. 1908 yil Turkiyada davlat to’ntarishiga rahbarlik qilib, Sulton Abdulhamid II hokimiyatiga chek qo’ydi, Turkiyaning chet davlatlar tomonidan bo’lib tashlanishiga barham berdi. 1913 yil yanvarda “Hurriyat va Ittihod” partiyasini hukumatdan chetlatdi. Tal’at Posho hamda Jamol Posho bilan birga norasmiy uchlik tuzdi, butun hokimiyatni o’z qo’liga oldi. Turkiyaning Germaniya bilan harbiy ittifoq tuzishi va 1-jahon urushiga qo’shilishi tashabbuskori bo’ldi, bosh qo’mondon — sultonning noibi sifatida urushda turk qo’shinlariga qo’mondonlik qildi. Turkiya urushda yengilgach, Anvar posho avval Germaniya, Rossiyaga va nihoyat 1921 yil kuzida Buxoroga keldi va Turkiston istiqlolchilari tarafiga o’tganini e’lon etdi. Bolsheviklarga qarshi kurashga qo’shilgan Anvar Obidjon 1922 yil 4 avgust kuni kichik bir guruh bilan Boljuvonga kirib kelgan qizil qo’shinga qarshi hujum vaqtida shahid bo’ldi. Naim Norqulov, Qahramon Rajabov.