ANZIRAT GO’SHTXO’R

ANZIRAT GO’SHTXO’R, tragakant (Tragacantha) — astragalning Astragalus piletacladus, Anzirat dasyahthus, Anzirat gummifera va boshqa turlaridan olinadigan rangsiz yoki sarg’ish muguzsimon yelim; suvda bo’kadi. Qadimdan Sharq, jumladan, O’rta Osiyo tabobatida anzarut katiro nomi bilan ko’p kasalliklarni davolashda ishlatib kelingan. Tulkimashoq (tulki Soka) ning Anzirat dasyahthus turidan olinadigan yelim (Sharqda katiro nomi bilan mashhur) buyrak, yurak kasalliklari va gipertoniyani davolashda, shuningdek to’qimachilik, ko’nchilik, qog’oz ishlab chiqarish, qandolat, bo’yoqchilik sanoatlarida qo’llaniladi. Anzirat go’shtdor Aqoqiyo va agar-agar o’rnida ham ishlatiladi.