ANZYUS

ANZYUS (inglizcha Australia, New Zealand, United States — ANZUS), Avstraliya, Yangi Zelandiya va AQShdan iborat harbiy-siyosiy blok (1951 yil sentabr). Manila shahrida (Filippin) chaqirilgan kengashda (1954 yil sentabr) yanada kengaytirildi. Anzyusga Angliya, Tailand, Filippin va Pokiston ham a’zo bo’lib kirgach, SEATO — “Janubi-Sharqiy Osiyo shartnomasi tashkiloti” deb yuritila boshlandi.