ANZYUS

ANZYUS (Australia, New Zealand, United States ANZUS) — Avstraliya, Yangi Zelandiya va AQSH o’rtasida tuzilgan harbiy-siyosiy ittifoq. AQSH tashabbusi bilan tuzilgan ushbu blok faoliyatining boshlanishiga asos solgan Tinch okean xavfsizlik pakti 1951-yilda San-Fransiskoda imzolandi va 1952-yilda kuchga kirdi. Uning maqsadi Janubiy-Sharqiy Osiyoda va Tinch okean havzasining janubiy qismidagi xalqlarning milliy-ozodlik harakatiga qarshi kurashishdan iborat.