AORSLAR
AORSLAR — sarmat qabilalarining yirik Ittifoqi. Aorslar haqida ma’lumotlar Strabon, Ptolemey, Pliniy va Tasit asarlarida uchraydi. Xitoy yilnomalarida Aorslar yantsay nomi bilan keltirilgan. Aorslar dastlab Orol yoki Kaspiy dengizining shimolida yashagan. Miloddan avvalgi 2-asrda Kaspiy dengizining shimol bilan don daryosi oralig’iga va Kavkaz tog’lari tomonga tarqalgan. Aorslar jangari ko’chmanchi chorvadorlar bo’lib, Kavkaz, Bospor davlati, Turkiston xalqlari o’rtasidagi savdo ishlarida, Bospor davlatidagi taxt uchun o’zaro urushlarda faol qatnashgan. 2-asrda alanlar boshchiligidagi yirik sarmat qabilalari Ittifoqiga qo’shilgan.