AORTIT

AORTIT — aorta devorining yallig’lanishi. Aortit infektsion va allergik bo’ladi. Kasallik o’tkir va surunkali kechadi. Mikroblar qon, limfa orqali va qo’shni a’zolardan o’tishi mumkin. Bunda ko’pincha devorning o’rta qavati shikastlanadi; aksariyat zaxm natijasida kelib chiqadi. Kasallikda to’sh suyagining orqasi og’riydi va aorta bir qadar kengayadi.