Apanaj deganda nima tushuniladi?

Ma’nosi

Apanaj (fransuzcha apanage, kechjki lotincha appano-non bilan ta’minlayman so’zidan)-qirollik domenining bir qismi. Fransiya (1832 yilgacha) va bir qator Yevropa monarxiyalarida taxtda o’tirgan hukmdorning kichik o’g’illari yoki inilariga taqdim etilgan (odatda, umrbod). Apanaj egasi vafotidan so’ng davlat ixtiyoriga o’tadigan yoki uning avlodlariga meros tariqasida qoladigan turlari bo’lgan.

O‘xshash so‘zlar

A harfiga oid tarixga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar