APPASSIONATO

APPASSIONATO (italyancha appassionato — hayajonli, ehtirosli) — musiqa asari yoki uning ayrim qismlarini ijro etish holatini bildirish uchun qo’llanuvchi nom. Ko’proq sur’atni belgilovchi atama bilan qo’shilib keladi, masalan, Allegro Appassionato ba’zan, asar nomi sifatida uchraydi (masalan, L. Betxovenning fortepiano uchun 23- “Appassionata” sonatasi) yoki asar nomi tarkibiga kiradi (masalan, A. Vyotanning skripka va fortepiano uchun “Appassionata fantaziyasi).