Aprobatsiya nimani anglatishini bilasizmi

Aprobatsiya nimani anglatishini bilasizmi – (lotincha approbation – ma’qullash, tasdiqlash) 1. Tahlil qilish, tekshirish, sinash va muhokama asosida rasmiy suratda ma’qullash. 2. Ekin navining haqiqiyligini, nav sifatlarini aniqlash hamda urug’chilik qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadlarida tekshirish. Eng yaxshilarini urug’likka ajratish maqsadida ekinlarning hosili sifatini aniqlash. Bog’da, tokzorda navdor meva daraxtlari vat ok tuplarini aniqlash usuli. Asosan toza navli va sog’lom ko’chat (qalamcha) tayyorlash, yetishtilayotgan ko’chatlarning nav jihatidagn tozaligini belgilash uchun o’tkaziladi. Aprobatsiya navlarini morfologik jihatdan aniq belgilash mumkin bo’lgan davrda (masalan, tokzorlarda avgustda) o’tkaziladi.

Leave a Reply