APTEXARI NARAYAN

APTEXARI NARAYAN (1864.8.3, Berar — 1919.3.3, Puna) — hind yozuvchisi, ma’rifatparvar. Maratxa tilida yozgan, shu tildagi adabiyotda tanqidiy realizmga asos solgan. Turkum romanlari — “Hozirgi zamon tarixlari” (1890 — 95), tarixiy roman “Maysur yo’lbarsi” (1890 – 91), “Chandragupta” (1902 — 04) dagi (jami 21 ta roman yozgan) ilg’or ziyolilar obrazlarida o’z orzu-umidlarini umumlashtirgan; o’tmishdoshlarning qahramonliklarini zamondoshlarni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalash bilan bog’lagan.