APULEY

APULEY (Apuleius) (taxminan milodiy 125, Madavra, Shimoliy Afrika — taxminan 180) — Qadimgi Rim yozuvchisi. Yunon va lotin tillarida yozgan. Bizgacha 11 kitobdan iborat “Metamorfoza” (“Oltin eshak” nomi bilan ham mashhur) asari yetib kelgan. Bu asar shahvoniy, maishiy-hajviy va diniy mavzuda yozilgan. Bundan tashqari Rim chekka viloyatidagi turmush va axloq tasvirlangan. Apuley romanlari mavzuidan Bokachcho, Servantes va boshqalar foydalangan.